O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun Eronga jo‘nab ketishdi

2022-03-02 | Sport

Eronda taekvondo bo‘yicha xalqaro musobaqalar “seriyasi” boshlanmoqda. Ushbu turnirlarda ishtirok etadigan jamoamiz bugun tongda Eronga yo‘l oldi.

Ushbu mamlakatda 4-5 mart kunlari klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati, 6-9 mart oralig‘ida an’anaviy "Fajr Open", 10-14 mart kunlari Osiyo taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqalarda o‘zbekistonlik quyidagi 19 nafar taekvondochi qatnashadi.

Tarkibda Tokio-2020 chempioni Ulug‘bek Rashitov, shuningdek, ko‘p karra JCh sovrindori Nikita Rafalovich, Olimpiada ishtirokchisi Svetlana Osipova kabi tajribali sportchilar qatori yosh umidli taekvondochilarimizni ham uchratish mumkinn. Eron safariga yo‘l olgan tarkibimiz quyidagicha:

Sportchilar:
Jahongir Xudoyberdiyev
Omonjon Otajonov
Doniyor Mahkamov
Otabek Turg‘anbekov
Niyaz Po‘latov
Ulug‘bek Rashitov
Sardor Toirov
Diyorbek Tuxliboyev
Najmiddin Qosimxojiyev
Jasur Jaysunov
Shuhrat Salayev
Nikita Rafalovich
Shohruh Rajabov
Dinora Muxtorova
Charos Qayumova
Ozoda Sobirjonova
Feruza Sadikova
Iroda Mirtojiyeva
Svetlana Osipova

Murabbiylar:
Pavel Xan
Vladimir Xan
Maksim Rafalovich
Aleksandr Kim
Pahlavon Sobirov
Jasur Boyqo‘ziyev
Stanislav Dogbayev (massajchi)
Dmitriy Kim (hakam)
Ma’sud Yunusov (shifokor)

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi jamoamizga bo‘lajak musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini tilab qoladi.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться