O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turizm
Oilaviy mehmon uylari soni oshmoqda 20.03.2019TurizmBugungi kunga kelib, mamlakatimizda Oilaviy mehmon uylari soni 137 ga yetib, ulardagi joylar soni 1128 ni tashkil etmoqda. Oilaviy mehmon uylari tashkil etilgan hududlar orasida Samarqand viloyati yetakchi boʻlib 25 ta, Qashqadaryo viloyatida 22 ta, Toshkent viloyatida 22 ta, Buxoro viloyatida 16 ta, Surxondaryo viloyati 11 ta, Toshkent shahrida 10 ta, Xorazm viloyatida 8 ta, Jizzax viloyatida 8 ta, Navoiy viloyatida 6 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 5 ta, Fargʻona viloyatida 3 ta, Andijon viloyatida 1 tani tashkil etmoqda. |
Tojikiston Respublikasi turizm qoʻmitasi delegatsiyasi Samarqandda 19.03.2019TurizmJoriy yilning 15-17-mart kunlari Tojikiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi delegatsiya aʼzolari (16 nafar) Samarqand shahriga tashrif buyurishdi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad ikki davlat oʻrtasida turizm sohasini bosqichma-bosqich rivojlantirish yuzasidan tajriba almashish hamda Samarqand viloyatida turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish hisoblanadi. |
Yaponiyadagi vatandoshlarimiz Oʻzbekistonning turizm salohiyatini targʻib etishga jalb etilmoqda 16.03.2019TurizmJoriy yilning 11-16-mart kunlari “Yuksalish” umummilliy harakati va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Yaponiyaning Tokio va Nagoya shaharlarida vatandoshlarimiz ishtirokida turli tadbirlar, shu jumladan davra suhbatlari va ochiq muloqotlar oʻtkazilmoqda. Ushbu tadbirlarda “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxonov ishtirok etmoqda. |
Bangladeshda O‘zbekiston turizm salohiyati taqdim qilindi 15.03.2019TurizmO‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi va Bangladesh Sayyohlik kompaniyalari assotsiatsiyasi hamkorligida Bangladesh poytaxti Dakka shahrida mamlakatimiz turizm va investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi. |
Qoraqalpogʻistonda turizm: Turoperatorlar va OAV uchun yangi sayyohlik yoʻnalishlari ochilmoqda 14.03.2019Turizm14 -16-mart kunlari Qoraqalpogʻiston va Xorazmda turoperatorlar va OAV vakillari uchun info-turlar tashkil etilmoqda. |
Ommaviy axborot vakillari va turoperatorlar uchun info-tur 14.03.2019TurizmOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-30-noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari hamda 30-noyabr kuni oʻtkazilgan Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yigʻilish bayonining 108-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Hunarmand uyushmasi tomonidan 2019-yilgi sayyohlik mavsumiga qadar Respublikada faoliyat yuritayotgan turizm sohasi subyektlari va respublika ommaviy axborot vositalari vakillari uchun info-tur tashkil etish vazifasi yuklatilgan. |
Pokistonda Oʻzbekiston sayyohlik markazi ish boshladi 06.03.2019TurizmTadbirda taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Pokiston uchun uzoq yillar davomida tarixiy sivilizatsiya oʻchogʻi boʻlgan Markaziy Osiyo bilan bogʻlovchi rishta boʻlib xizmat qilgan. Ushbu markaz Oʻzbekiston–Pokiston munosabatlarini rivojlanishiga xizmat qilibgina qolmasdan. Oʻz navbatida Pokiston boʻylab yurtimiz turistik salohiyatini keng yoyishda muhim ahamiyat kasb etadi. |
Turizm sohasiga qiziqayotgan investorlar diqqatiga 06.03.2019TurizmOʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalar jalb etishni qoʻllab-quvvatlaydi. |
Poytaxtda “Smart turizm” rivojlanmoqda 05.03.2019TurizmSayyohlar oʻziga kerakli maʼlumotni olishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, smartfonlardan foydalanadi. |
Pokistonda Oʻzbekiston sayyohlik axborot markazi ish boshladi 05.03.2019TurizmPokistonda Oʻzbekiston sayyohlik axborot markazi tashkil etildi. Marosimda mamlakatimizning Pokistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Furqat Siddiqov hamda Pokiston iqlim oʻzgarishi vaziri Zartaj Gul xonim soʻzga chiqdi. |
Oʻzbekiston – Janubiy Koreya hukumatlararo qoʻmitasi majlisi 05.03.2019SiyosatPoytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 4 mart kuni Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston – Janubiy Koreya hukumatlararo qoʻmitasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. |
04.03.2019Turizm Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning turizm salohiyatini keng targʻib qilish mexanizmi yoʻlga qoʻyildi. |
01.03.2019Siyosat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chortoq tumanida barpo etilayotgan “Chortoq resorts” sanatoriy-sogʻlomlashtirish markazi bilan tanishdi. |
Xorijiy ekspertlar ishtirokida mehmonxona biznesini rivojlantirish boʻyicha seminar tashkil etildi 26.02.2019TurizmSamarqand shahridagi yoshlar ittifoqi binosida viloyat hokimligi turizmni rivojlantirish departamenti va AQSHning Amerika mehmonxona instituti (American Hotel & Lodging Educational Institute) bilan hamkorlikda seminar oʻtkazildi. |