O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qoraqalpogʻistonda turizm: Turoperatorlar va OAV uchun yangi sayyohlik yoʻnalishlari ochilmoqda
2019-03-14 | Turizm
14 -16-mart kunlari Qoraqalpogʻiston va Xorazmda turoperatorlar va OAV vakillari uchun info-turlar tashkil etilmoqda.
Info-turning birinchi kuni Nukus aeroportiga yetib kelgan mehmonlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tuman hokimiyati va Turizmni rivojlantirish boʻyicha hududiy boshqarma vakillari kutib olishdi.
Birinchi navbatda, tadbir ishtirokchilari Chimboy tumaniga yoʻl olishdi va Ziyorat-turizm obyektlari boʻlgan taniqli qoraqalpoq shoirlari – Berdaq, Kunxoʻja va Aximbetlarning maqbaralarini ziyorat qilishdi.
Info-tur dasturi davomida mehmonlar Chimboy tumanidagi hunarmandlar koʻrgazmasiga tashrif buyurishdi. Ular orasida oʻtovlar yasash, anʼanaviy-milliy va amaliy sanʼat ekspozitsiyalari va boshqalarni tayyorlash boʻyicha ustaxonalarni uchratish mumkin. Bu yerda mehmonlarni oʻtovlarni tayyorlash hamda oʻrnatish sanʼati, shuningdek mazkur ajoyib turar-joyning tarixi bilan tanishtirish maqsadida mahorat darslari tashkil etildi.
Tadbir dasturi boʻyicha keyinroq Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi “Ulli hovli”, “Nurullaboy” majmualari, “Ichan-Qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi va boshqa koʻplab maskanlarga tashrif buyurish rejalashtirilgan.