O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiyadagi vatandoshlarimiz Oʻzbekistonning turizm salohiyatini targʻib etishga jalb etilmoqda

2019-03-16 | Turizm

Joriy yilning 11-16-mart kunlari “Yuksalish” umummilliy harakati va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Yaponiyaning Tokio va Nagoya shaharlarida vatandoshlarimiz ishtirokida turli tadbirlar, shu jumladan davra suhbatlari va ochiq muloqotlar oʻtkazilmoqda. Ushbu tadbirlarda “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxonov ishtirok etmoqda.

Tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad ­- Yaponiyada mehnat faoliyatini olib borayotgan va taʼlim olayotgan vatandoshlar bilan muloqot qilish, ular bilan Oʻzbekistonni yanada rivojlantirish, kengroq tanitish va mamlakat turizm brendini faol targʻib qilish yoʻnalishlarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan iborat.

Qayd etish joizki, “Yuksalish” umummilliy harakati Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, jumladan mamlakatimiz turizm imkoniyatlarini targʻib qilish va xorijiy tajribalarni oʻrganish maqsadida, xorijdagi vatandoshlarimiz bilan hamkorlikni rivojlantirish va ommalashtirishni maqsad qilgan.

Bugungi kunda chet eldagi koʻplab yurtdoshlarimiz Oʻzbekistonning iqtisodiy, turistik salohiyati va nufuzini xalqaro miqyosda keng targʻib qilish boʻyicha oʻz gʻoya va tashabbuslarini ilgari surishmoqda. Yaponiyadagi vatandoshlarimiz ham bundan mustasno emas. Xususan, Oʻzbekistonning turizm salohiyatini namoyish etishga qaratilgan turli tadbirlar oʻtkazish, ona tilimiz, milliy madaniyatimiz va tariximizni oʻrganish maqsadida madaniyat va maʼrifat markazini tashkil etish gʻoyasini ilgari surilmoqda.

Shuningdek, bu kabi tadbirlar Oʻzbekistonda oʻz biznesini tashkil etish istagida boʻlgan kunchiqar mamlakat tadbirkorlari uchun zaruriy maʼlumotlarni taqdim etish hamda investitsiyalarni jalb etishda muhim oʻrin tutadi. Bu kabi masalalar “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxonovning vatandoshlar bilan uchrashuvlari chogʻida atroflicha muhokama qilindi.

Поделиться