O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ommaviy axborot vakillari va turoperatorlar uchun info-tur

2019-03-14 | Turizm

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-30-noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari hamda 30-noyabr kuni oʻtkazilgan Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yigʻilish bayonining 108-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Hunarmand uyushmasi tomonidan 2019-yilgi sayyohlik mavsumiga qadar Respublikada faoliyat yuritayotgan turizm sohasi subyektlari va respublika ommaviy axborot vositalari vakillari uchun info-tur tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

Shu munosabat bilan, Qoʻmita tomonidan joriy yilning 14-16-mart kunlari Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan “Ulli hovli” va Xiva shahridagi “Nurullaboy” majmualari hamda Chimboy tumanidagi hunarmandlar tomonidan tayyorlanadigan hunarmandchilik mahsulotlarini targʻib qilish maqsadida turizm sohasi subyektlari va respublika ommaviy axborot vakillari uchun info-tur tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirga respublikaning 20ga yaqin OAV vakillari va 40 yaqin salohiyatli turoperatorlari jalb qilingan boʻlib, ular uchun yuqoridagi obyektlarda turli xil madaniy-koʻngilochar tadbirlar boʻlib oʻtishi belgilangan. Jumladan, tadbir dasturlaridan milliy hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasi, milliy sport oʻyinlari, folklor ansambllar chiqishlari va xonandalarning konsert dasturlari, sumalak tayyorlash va navroʻz bayrami arafasi tantanalari, buyuk siymolarni gavdalantiruvchi hamda xon qabuli va tashrifi sahna koʻrinishlari, teatr tomoshalari, milliy hunarmandchilik mahsulotlari va milliy taomlar tayyorlash boʻyicha mahorat darslari hamda koʻplab boshqa qiziqarli tadbirlar joy olgan.

Respublika miqyosida faoliyat olib borayotgan yirik turoperatorlar bilan viloyatdagi mahalliy turoperatorlar oʻrtasida yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va oʻzaro manfaatli shartnomalarga erishish maqsadida tadbir davomida B2B tarzida oʻzaro muzokaralar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.

Shuningdek, ushbu info – turda ishtirok etishni xohlovchi OAV vakillari va turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Xorazm viloyati departamentiga murojaat etishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz.

Murojaat uchun:

khorezm@uzbektourism.uz

+998 62 224-67-36

+998 91 999-55-77

Поделиться