O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

“Raqamli tarqoqlikni bartaraf qilish: COVID-19 ga raqamli javob” xalqaro videokonferensiyasi

02.07.2020Sog‘liqni saqlashManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov “Raqamli tarqoqlikni bartaraf qilish: COVID-19 ga raqamli javob” xalqaro videokonferensiyasida ishtirok etdi.

Ukraina Elchisi bilan uchrashuv

02.07.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Nikolay Doroshenkoni qabul qildi.

Hindiston Elchisi bilan muzokaralar to‘g‘risida

02.07.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Santosh Ja bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

Hamkorlik rishtalari mustahkamlanib boraveradi

01.07.2020Iqtisodiyot

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazida yurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan KOPIA (Korea Program on International Agriculture) markazi markazi rahbari doktor An Xe Sungning mamlakatimizdagi faoliyati yakuniga yetganligi munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“C5+1” shaklidagi yuqori darajadagi uchrashuv to‘g‘risida

01.07.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Markaziy Osiyo – AQSh” (“C5+1”) videokonferensiyasida ishtirok etdi.

Xitoy Elchisi bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

30.06.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yan bilan telefon orqali muloqot qildi.

AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuv

30.06.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 30-iyun kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod va AQSh Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Adam Boler bilan uchrashdi.

JST bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiyaning 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

30.06.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 29-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov rahbarligida Jahon Savdo Tashkiloti (JST) bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiyasining 4-yig‘ilishi videokonferentsiya shaklida o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekistonning JSTga kirishi bo‘yicha muzokaralar olib borish guruhi a’zolari ham ishtirok etdi.

Koreya va Markaziy Osiyo ishbilarmonlari hamkorligi

30.06.2020IqtisodiyotManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida “Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo ishbilarmonlik kengashi”ni tashkil etish toʻgʻrisida oʻzaro hamkorlik memorandumini imzolashga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

29.06.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida ilk bora Yaponiya hukumati dasturi g‘olibligini qo‘lga kiritdi

28.06.2020InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi va Tottori Universiteti professori Kristina Toderich hamkorligida SATREPS-2020 (Yaponiya) tanloviga taqdim etilgan loyiha moliyalashtirishga tasdiqlandi. 

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

26.06.2020TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

 Joriy yil 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari O.Pekos bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari doimiy vakili Matilda Dimovska bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa shaklidagi O‘zbek-Italiya biznes-forumi tashkil etildi

26.06.2020Iqtisodiyot
​2020-yil 25-iyun kuni  O‘zbekiston Respublikasi va Italiya Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investision va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi va Italiya-O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda o‘zbek-italiya (farmatsevtika sohasida) videokonferensaloqa shaklidagi biznesi forum tashkil etildi.      

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi bilan jinoyatchilikka qarshi kurashning xalqaro tamoyillari muhokama etildi

26.06.2020SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

TOSHKENT, 26 iyun. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi vakillari o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining Qirg‘izistonga safari

25.06.2020JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita

Bugun, 25-iyun kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Qirg‘iziston davlatiga safari boshlandi. ​