O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

JST bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiyaning 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2020-06-30 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 29-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov rahbarligida Jahon Savdo Tashkiloti (JST) bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiyasining 4-yig‘ilishi videokonferentsiya shaklida o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekistonning JSTga kirishi bo‘yicha muzokaralar olib borish guruhi a’zolari ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonning JSTga kirishi bo‘yicha Ishchi guruhining bo‘lajak 4-yig‘ilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Hozirgi kundagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining JSTga kirishi bo‘yicha Ishchi guruhining 4chi yig‘ilishi joriy yilning 7 iyul kuni "gibrid" shaklida o‘tkazilishi, ya’ni Jenevadagi xorijiy davlatlarning diplomatik missiyalari delegatsiyalari Tashkilot shtab-kvartirasining majlislar zalida, ekspert guruhlari esa, shu jumladan, O‘zbekiston delegatsiyasi, videokonferentsiya orqali ishtirok etishiga kelishib olindi.

JSTga a’zo bo‘lish jarayonini qayta tiklash 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish Strategiyasida belgilab o‘tilgan va ko‘p tomonlama savdo tizimiga integratsiyalashuvi hisobiga mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan JSTga a’zo bo‘lish jarayoni muhim vazifa ekanligi va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning bir qator omillariga ta’sir etuvchi masalalar majmuini tezkor hal etishni talab qilishi alohida ta’kidlandi.

JSTga a’zo bo‘lish bilan bog‘liq hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha muzokaralar guruhi va alohida mavzular bo‘yicha ishchi guruhlar ishining samaradorligini yanada oshirishning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish natijasida Ishchi guruhining 4-chi yig‘ilishini va umuman muzokaralar jarayonini samarali tashkil etish va muzokaralar olib boruvchi guruh a’zolarining mas’uliyatini oshirishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться