O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Raqamli tarqoqlikni bartaraf qilish: COVID-19 ga raqamli javob” xalqaro videokonferensiyasi
2020-07-02 | Sog‘liqni saqlash
2020-yilning 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov “Raqamli tarqoqlikni bartaraf qilish: COVID-19 ga raqamli javob” xalqaro videokonferensiyasida ishtirok etdi.
Tadbirda dunyoning 40 dan ortiq davlati tashqi siyosat idoralarining yuqori mansabli vakillari, BMT Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Mohammed, Xalqaro elekroaloqa ittifoqining Elektroaloqani rivojlantirish sektori direktori Dorin Bogdan-Martin, “Smart Africa” alyansi bosh direktori Latsina Kone ishtirok etdi.
Videokonferensiya ishtirokchilari koronavirus infeksiyasining iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini bartaraf bo‘yicha fikr almashdilar, og‘ir ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy kataklizmlarga qarshi tura oladigan kuchli jamiyatni birgalikda qurish uchun innovatsion raqamli yechimlardan foydalanish yo‘llarini muhokama qildilar.
Tadbir yakunida “COVID-19 ga raqamli javob bo‘yicha Global deklaratsiya” qabul qilindi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi