O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining Qirg‘izistonga safari

2020-06-25 | Jamiyat

Bugun, 25-iyun kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Qirg‘iziston davlatiga safari boshlandi. ​

Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Maqsadbek Toktamushev boshchiligidagi bir guruh mutasaddilar O‘zbekiston delegatsiyasini kutib oldilar.
 
Hozirgi kunda mamlakatlarimiz rahbarlarining sa'y-harakatlari bilan hamkorlik aloqalari keyingi yillarda keng quloch yoymoqda. Ayniqsa, mintaqa mamlakatlari diniy idoralari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida qayd etish kerak. O‘tgan Ramazon oyi va hayit bayramlari kunini belgilash va namoz vaqtlarini aniqlashda olib borilgan ulamolar hamkorligi so‘zimizga yaqqol misol bo‘la oladi.
 
Qadamjoy tumani hokimiyatida o‘zbek-qirg‘iz delegatsiyalari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
 
Bugun bo‘lib o‘tayotgan muloqotlar mamlakatlar o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik munosabatlarining uzviy davomi sifatida maydonga keldi. Muloqotlarda qardosh xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, hozirgi kundagi turli tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish, mo‘min-musulmonlar birdamligini ta'minlash kabi masalalarga alohida urg‘u qaratildi.
 
O‘zbekiston delegatsiyasining Qirg‘iziston Respublikasiga safari davom etmoqda.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita

Поделиться