O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi bilan jinoyatchilikka qarshi kurashning xalqaro tamoyillari muhokama etildi

2020-06-26 | Siyosat

TOSHKENT, 26 iyun. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi vakillari o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Onlayn uchrashuvda Ichki ishlar vazirligi va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish hamda o‘zaro aloqalarning yangi yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.

Muzokaralarda jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni yangi bosqichda davom ettirish, shuningdek, sohada tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться