O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

O‘zbekiston va Moldova Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

11.10.2019Siyosat

10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodonni qabul qildi.

O‘mon Elchisi bilan uchrashuv

10.10.2019Siyosat

2019-yilning 10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov O‘mon Sultonligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad bin Said bin Umar al-Kasiriy bilan uchrashdi.

“GLOBAL GAP”: Yevropa ekspertlari bilan nazariyadan amaliyotga qadam

10.10.2019Jamiyat

Mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish, eksport faoliyatining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini takomillashtirish, shuningdek, mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishning kompleks tizimini o‘rganish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi ko‘magida joriy yilning 7-12-oktabr kunlari Latviya davlatida “GLOBAL GAP” standarti talablari asosida meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, ushbu turdagi mahsulotlarni Yevropa davlatlariga eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro biznes kooperatsiyasini rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlariga xalqaro standartlar va sertifikatlashtirishga bo‘lgan zamonaviy talablarni o‘rnatish, mutaxasislar tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va seminar-treninglar tashkil etildi.

BAA Elchisi bilan uchrashuv

08.10.2019Siyosat

2019-yilning 8-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Birlashgan Arab Amirliklarining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Said Matar Sultan as-Siri al-Qamziyni qabul qildi.

O‘zbekiston-Tojikiston: parlamentlararo aloqalar mustahkamlanmoqda

08.10.2019Siyosat

2019-yil 7-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Tojikiston Respublikasi Majlisi namoyandagon Majlisi Oli Raisi Shukurjon Zuhurov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisini qabul qildi

08.10.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Shukurjon Zuhurov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar to‘g‘risida

07.10.2019Siyosat

2019-yilning 30-sentabr – 6-oktabr kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qo‘shma O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

07.10.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbarining Vashington shahridagi uchrashuvlari to‘g‘risida

02.10.2019Siyosat

2019-yilning 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya AQShga tashrifi doirasida Vashington shahrida muzokaralar o‘tkazdi.

Fransiya TIV Davlat kotibi bilan uchrashuv

02.10.2019Siyosat

2019-yilning 1-oktabr kuni Fransiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Parij shahrida Fransiya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar vaziri huzuridagi Davlat kotibi Jan-Batiste Lemuan bilan uchrashdi.

Kipr Prezidentiga tabrik

02.10.2019Siyosat

1-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kipr Respublikasi Prezidenti Nikos Anastasiadisni milliy bayram - Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-York shahrida OHIChK vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi

25.09.2019Siyosat

2019-yilning 23-sentabr kuni AQShga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga (OHIChK) a’zo davlatlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etdi.

Toshkent shahrida O‘zbekiston va YI o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda

25.09.2019Siyosat

2019-yilning 23-28-sentabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Sherikchilik va hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim (ShHKB) loyihasi bo‘yicha muzokaralarning 3-raundi hamda Iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar bo‘yicha “O‘zbekiston – YI” kichik qo‘mitasining 14- yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Qozog‘iston Elchisi bilan uchrashuv

24.09.2019Siyosat

2019-yilning 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Darxan Satibaldi bilan uchrashdi.

Birlashgan Arab Amirliklarining Milliy akkreditatsiya tizimi va O‘zbekiston Akkreditatsiya Markazi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi

24.09.2019Jamiyat

Muvofiqlikni baholash sohasida Birlashgan Arab Amirliklari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash maqsadida, Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) Bosh assambleyasi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Akkreditatsiya Markazi (O’ZAKK) va Birlashgan Arab Amirliklarining Milliy Akkreditatsiya Tizimi (ENAS) o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.