O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“GLOBAL GAP”: Yevropa ekspertlari bilan nazariyadan amaliyotga qadam

2019-10-10 | Jamiyat

Mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish, eksport faoliyatining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini takomillashtirish, shuningdek, mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishning kompleks tizimini o‘rganish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi ko‘magida joriy yilning 7-12-oktabr kunlari Latviya davlatida “GLOBAL GAP” standarti talablari asosida meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, ushbu turdagi mahsulotlarni Yevropa davlatlariga eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro biznes kooperatsiyasini rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlariga xalqaro standartlar va sertifikatlashtirishga bo‘lgan zamonaviy talablarni o‘rnatish, mutaxasislar tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va seminar-treninglar tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xuzuridagi eksportni rag‘batlantirish agentligi, “O‘zstandart” agentligi, Toshkent davlat agrar universiteti, Bek Klaster va Jondor Qurilish Invest fermer xo‘jaligi vakillari ishtirok etmoqda.

Поделиться