O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘mon Elchisi bilan uchrashuv
2019-10-10 | Siyosat
2019-yilning 10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov O‘mon Sultonligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad bin Said bin Umar al-Kasiriy bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning asosiy masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda 21-oktabr kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bag‘rikenglik, o‘zaro anglashuv, birdamlik va totuvlik: O‘mon islom risolasi” nomli ko‘rgazma ochilishining amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.