O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Moldova Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2019-10-11 | Siyosat
10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodonni qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
O‘zaro almashinuvlarni faollashtirish hamda turli tarmoqlar uchun istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqishga kelishib olindi.
Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.