O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-York shahrida OHIChK vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi

2019-09-25 | Siyosat

2019-yilning 23-sentabr kuni AQShga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga (OHIChK) a’zo davlatlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etdi.

Majlis davomida ishtirokchilar mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, madaniy-gumanitar kooperatsiyaga doir keng ko‘lamli masalalarni, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildilar.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida so‘nggi yillarda Osiyoda umumiy va ajralmas xavfsizlik makonini yaratish uchun OHIChK to‘laqonli xalqaro muloqot maydonchasiga aylanganini ta’kidladi.

Vazir, shuningdek, Tojikiston tomonini tashkilotga muvaffaqiyatli raisligi bilan tabrikladi va 2020-yilga mo‘ljallangan OHIChK tadbirlar rejasini qo‘llab-quvvatladi. Ushbu reja O‘zbekiston tashabbusi bilan yoshlarning radikallashishiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro konferentsiyalar o‘tkazishni nazarda tutadi.

Ta’kidlanganidek, qit’amizning kelajagi, xavfsizligi, barqaror rivojlanishi va farovonligi biz yosh avlodni qanday tarbiyalashimizga bog‘liqdir. Shu munosabat bilan Abdulaziz Kamilov yoshlarning barkamol rivojlanishi va o‘zini namoyon qilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni maqsad qilgan BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va qabul qilishda birgalikda harakat qilishga chaqirdi.

Nutq so‘ngida Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va farovonlikni ta`minlash kabi umumiy ezgu maqsadlarga erishish imkonini beruvchi ishonchni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli yechimlarni topish bo‘yicha sa’y-harakatlarni bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda OHIChK kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Поделиться