O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

​O‘zbekiston-Avstraliya vazirliklararo maslahatlashuvlariga doir​

24.05.2017SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2017-yilning 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida muntazam o‘tkazilib kelinayothan ikki tomonlama vazirliklararo maslahatlashuvlar doirasida Avstraliya Tashqi ishlar va savdo vazirligi Janubiy va G‘arbiy Osiyo Departamenti boshlarmasi direktori Jeyms Xoll boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirini qabul qildi

24.05.2017SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-may kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayx Abdulla bin Zoid Al Nahayonni qabul qildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonov JSSTning yangi rahbari T.Gebreyesus bilan uchrashdi

24.05.2017Siyosat

Avval xabar berganimizdek, 22-maydan boshlab, Jenevada JSSTning yuqori organi hisoblanuvchi Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 70-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

​BAA Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri bilan uchrashuv

24.05.2017SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2017-yilning 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun Toshkentga tashrif buyurgan Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashdi.

Buyuk Britaniya Elchixonasiga tashrif

24.05.2017Siyosat

2017-yilning 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi.

Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

24.05.2017Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston delegatsiyasining MDH HRKda ishtirokiga doir

24.05.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya 2017-yil 25-26-may kunlari Qozon shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Hamkorlik masalalari muhokama qilindi

23.05.2017Siyosat

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov va Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Vladimir Kolokolsev: O‘zbekiston ichki ishlar tizimidagi islohotlar bizda katta taassurot qoldirdi

23.05.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik keng ko‘lam kasb etgan. Mamlakatlarimizning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari o‘rtasida ham yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. 

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya ichki ishlar vazirini qabul qildi

23.05.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-may kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevni qabul qildi. 

O‘zbekiston-Rossiya vazirliklararo maslahatlashuvlari

23.05.2017SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2017-yilning 23-may kuni Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi 2016-2017-yillar uchun mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini amalga oshirish doirasida ikki tomon maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

Hamdardlik

23.05.2017SiyosatManba: O'zA

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya 
Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri 
Tereza Mey Janobi Oliyalariga

Buyuk Britaniya Bosh vaziriga hamdardlik

23.05.2017Siyosat

2017-yilning 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Tereza Mey nomiga Manchester shahridagi terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirib maktub yo‘lladi.

Yevropa parlamentining Inson huquqlari bo‘yicha kichik qo‘mitasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

23.05.2017Siyosat

2017-yilning 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Yevropa parlamentining Inson huquqlari bo‘yicha kichik qo‘mitasi delegatsiyasini qabul qildi. Delegatsiya tarkibidan deputatlar Yozef Vaydenholzer (Avstriya), Klaus Buxner va Yoaxim Zeller (Germaniya) o‘rin olgan.

Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 70-sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda

23.05.2017Jamiyat

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 70-sessiyasida ishtirok etmoqda.

O‘zbekistonga BAA Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirining bo‘lajak tashrifiga doir

23.05.2017Siyosat

2017-yilning 24-may kuni Toshkent shahriga Birlashgan Arab Amirligining Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon tashrif buyuradi.

Kengash O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi

23.05.2017Siyosat

2017-yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tinchlik va barqarorlik – taraqqiyotning muhim omili

23.05.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi to‘g‘risida axborot

22.05.2017Siyosat

2017-yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi: parlamentlararo hamkorlik mustahkamlanmoqda

22.05.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi parlamentlararo hamkorligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.