Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 70-sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 70-sessiyasida ishtirok etmoqda.
Shu yilning 22-may kuni JSSTning yuqori organi hisoblanuvchi Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 70-sessiyasi ochildi. Unda 194 ta a’zo davlatlar qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashmoqda.
Har yili JSSTga a’zo davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha rahbarlari Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining sessiyasida ishtirok etish uchun Jenevaga tashrif buyuradi. Sessiya davomida ishtirokchilar JSST faoliyatini ko‘rib chiqib, o‘z oldiga yangi maqsad va vazifalar qo‘yadi. Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining bu yilgi sessiyasida sog‘liqni saqlash sohasiga doir murakkab masalalar va ularning echimiga doir chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
22-may kuni sessiyaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida, ya’ni 23-may kuni JSSTga a’zo davlatlar Tashkilotga yangi Bosh direktorni saylashi kutilmoqda.