O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buyuk Britaniya Bosh vaziriga hamdardlik
2017-05-23 | Siyosat
2017-yilning 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Tereza Mey nomiga Manchester shahridagi terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirib maktub yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari o‘z maktubida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdarlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi, barcha jarohat olganlarga esa tez orada sog‘ayishni tiladi.