O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

​O‘zbekiston-Avstraliya vazirliklararo maslahatlashuvlariga doir​

2017-05-24 | Siyosat

2017-yilning 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida muntazam o‘tkazilib kelinayothan ikki tomonlama vazirliklararo maslahatlashuvlar doirasida Avstraliya Tashqi ishlar va savdo vazirligi Janubiy va G‘arbiy Osiyo Departamenti boshlarmasi direktori Jeyms Xoll boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashqi siyosat idoralari vakillari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollariga urg‘u bergan holda O‘zbekiston-Avstraliya kun tartibining keng doiradagi masalalarini muhokama qilishdi.

Delegatsiyalar munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish masalalari, jumladan tomonlar ko‘rib chiqayotgan “Investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi” va “Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi” hukumatlararo shartnomalar loyihalari yuzasidan ham fikr almashishdi.

Uchrashuvda Avstraliya Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Piter Martin Tesh ishtirok etdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться