O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Germaniya Elchisi bilan uchrashuv
2017-09-14 | Siyosat
2017-yilning 13-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizda o‘z diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Naythart Hofer-Vissingni qabul qildi.
Ikki tomon kun tartibi yuzasidan fikr almashish davomida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlar an’anaviy va dinamik rivojlanayotgani qayd etildi.
Vazir Elchining mamlakatimizdagi to‘rt yillik muvaffaqiyatli faoliyati va hamkorlikning mustahkamlanishiga qo‘shgan shaxsiy hissasini ta’kidladi.
Elchi O‘zbekistondagi vazifasini ijro etishi uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.