O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Muzokaralar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom etdi
2017-09-16 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev muloqotni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar.
Unda rasmiy delegatsiyalar a’zolari, vazirlik va yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. Muzokarada mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Qozog‘iston Prezidentining mamlakatimizga davlat tashrifi davom etmoqda.