O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ispaniya elchisi bilan uchrashuv

2017-09-15 | Siyosat

2017-yilning 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ispaniya Qirolligining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Ignasio Ibanyes Rubioni qabul qildi.

Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston-Ispaniya o‘rtasidagi muloqotlarning hozirgi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 2017-yilning 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ispaniya Qiroli Filip VI ning Ostonadagi uchrashuvi samarali va o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi bosqichiga aylanishi va ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirishiga ishonch bildirildi.

Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida turli darajada bo‘lajak uchrashuvlarning, jumladan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi aloqalarning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Vazir noyabr oyida Samarqand shahrida BMT shafeligida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik” nomli xalqaro konferensiyada Ispaniya tomoning yuqori darajada ishtirok etishini ijobiy baholadi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Поделиться