O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi

31.12.2017Siyosat

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasining ma‘lumotlariga ko‘ra, 2017-yilning 27-dekabr kuni “Perekrestok” do‘konida (Sankt-Peterburg shahri) sodir etilgan portlash oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarosi Hazratkul Alikulovning (ismi aniqlashtirildi) holati muvaffaqiyatli opeatsiyadan so‘ng barqaror. Aleksandrovskiy nomli 17-son shahar kasalxonasida o‘tkazilgan operatsiya natijasida uning tanasiga jarohat yetkazgan jisim olib tashlandi.

O‘zbekiston bilan Niderlandiya o‘rtasidagi Bayonnoma kuchga kiradi

31.12.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2001-yil 18-oktabrda imzolangan Daromadlarning ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik va daromad hamda kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni oldini olish to‘g‘risida Konvensiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida 2017-yil 6-fevralda Gaaga shahrida imzolangan Bayonnoma 2017-yilning 31-dekabr kuni kuchga kiradi.

«РИА Новости» Shavkat Mirziyoyevning birinchi prezidentlik yili natijalari haqida

31.12.2017Siyosat

Prezidentligining birinchi yilida Shavkat Mirziyoyev davlatni yangi bosqichda rivojlantirishga qaratilgan 100 dan ortiq farmon va qarorlarni imzoladi, shuningdek, hukumatda va joylardagi hokimiyat organlarida jiddiy o‘zgarishlar qildi, deb xabar beradi Rossiyaning «РИА Новости» axborot agentligi O‘zbekiston rahbari faoliyatining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan tahlilda.

Bloomberg: O‘zbekiston valyuta siyosatini liberallashtirmoqda

31.12.2017Siyosat

AQShning moliyaviy-iqtisodiy yangiliklar bo‘yicha nufuzli “Bloomberg” agentligi “O‘zbekistonda valyutaning kutilmagan tarzda 50 foiz devalvatsiya qilinishi tijoriy shartnoma tuzuvchilarning e’tiborini tortadi” deb nomlangan maqola e’lon qilib, unda Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylanganidan keyin O‘zbekistonning investorlar nazariga tushishini ta’minlaganini, valyuta siyosatini erkinlashtirganini yozadi.

The Nikkei: O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlamoqda

31.12.2017Siyosat

Yaponiyaning «The Nikkei» nashri O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan aloqalarining mustahkamlanishi Markaziy Osiyoning ko‘rinishini o‘zgartirishi va mintaqaning xalqaro maydondagi ta’sirini oshirishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ushbu mavzudagi maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda Markaziy Osiyo davlatlari orasida oliy darajadagi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borish bo‘yicha bergan taklifi mamlakatning bunday hamkorlikda yetakchi rol o‘ynashga intilayotganini ko‘rsatadi va jiddiy diplomatik o‘zgarishlarga olib kelishi ta’kidlanadi.

“Независимая газета”: O‘zbekiston jadal tashqi siyosat yuritmoqda

31.12.2017Siyosat

Rossiyaning «Независимая газета» nashri O‘zbekistonga Shavkat Mirziyoyev rahbarlik qila boshlaganiga bir yil to‘lganini qayd qildi. Shubhasiz, bir yil – muayayn xulosalar chiqarish uchun qisqa muddat, ammo bu namoyon bo‘lishga ulgurgan tendensiyalarni sezish, ularning ijobiy va salbiy ta’sirini baholash uchun yetarli muddatdir.

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

31.12.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida 30 dekabr kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston xorijiy OAV nigohida

31.12.2017Siyosat

«The New York Times»: O‘zbekiston o‘z eshiklarini ochmoqda

Qabul qilinayotgan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish masalalari parlament a’zolarining diqqat markazida

29.12.2017Siyosat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining tashabbusiga binoan adliya vazirining «Qabul qilinayotgan qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish, qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligini ta’minlash to‘g‘risida»gi axboroti eshitildi. Tadbir 2017 yil 12 iyul kuni deputatlar, senatorlar va siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashuv chog‘ida Prezident tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Jahon chempionatida yuqori natijaga erishgan sportchilarni taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoyishni imzoladi

29.12.2017Siyosat

Farmoyishda Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan og‘ir atletika sport turi bo‘yicha 2017 yil 28 noyabr - 6 dekabr kunlari Anaxaym shahrida (AQSh) o‘tkazilgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan quyidagi O‘zbekiston sportchilari:

Davlat tibbiyot tashkilotlari funksiyalari tadbirkorlik subyektlariga o‘tkaziladi

29.12.2017Siyosat

Bugun, 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi.

Prezident mukofotlaydigan medallar soni yana bittaga ko‘paydi

29.12.2017Siyosat

Bugun, 29 dekabrdan “Kelajak bunyodkori” medalini ta’sis etish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kuchga kirdi.

Hamkorlikning yangi bosqichi butun Markaziy Osiyo uchun ijobiy natija beradi

29.12.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangani jahon hamjamiyati, ayniqsa qo‘shni mamlakatlarda katta qiziqish bilan kutib olindi va keng ma’qullanmoqda. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi - O‘zA qo‘shni mamlakatlar axborot agentliklari bilan hamkorlik doirasida keng jamoatchilikni mintaqaning taniqli davlat va jamoat arboblari, oddiy fuqarolarining ushbu mavzuga doir fikr-mulohazalari bilan tanshtirish maqsadida materiallar tayyorladi. Quyida "Kazinform" XAA tomonidan O‘zA uchun maxsus tayyorlangan maqola keltirilmoqda.

Kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

28.12.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-dekabr kuni kimyo sanoati korxonalarining bugungi moliyaviy-iqtisodiy holati va sohani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bangladesh elchisi O‘zbek xalqini kirib kelayotgan Yangi yil bilan qutladi

28.12.2017Siyosat

Yangi, 2018 yilning kirib kelishiga sanoqli kunlar qoldi. Ushbu bayram arafasida mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatiya korpusi vakillari o‘zbek xalqiga o‘zlarining tabriklarini yo‘llashmoqda.

Chegara vakillari faoliyati to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi

28.12.2017Siyosat

2017-yilning 5-sentabr kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida chegara vakillari faoliyati to‘g‘risidagi Bitim 2017-yil 26-dekabrda kuchga kirdi.

Uch mamlakat delegatsiyalari uchrashuvi

27.12.2017Siyosat

2017-yilning 27-dekabr kuni Toshktent shahrida O‘zbekiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyalarining “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasi bo‘yicha uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi

27.12.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 26-dekabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Prezidenti Moskva shahriga keldi

26.12.2017MDH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etish uchun 26-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasiga keldi.

Bugun Prezidentning yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi yoshlar oldida hisobot beradi

26.12.2017Siyosat

26-dekabr soat 14:00da Toshkent shahrida Prezidentning yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev yil yakunlariga bag‘ishlab, tashkilotning olti oylik faoliyati yuzasidan hisobot beradi.