O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuviga oid

13.12.2017Siyosat

2017-yilning 12-dekabr kuni mamlakatimizga Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning rasmiy tashrifi arafasida Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining to‘rt kunlik uchrashuvi yakunlandi.

Slovakiya Elchisi bilan uchrashuv

12.12.2017Siyosat

017-yilning 12-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Slovakiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pavol Ivanni qabul qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasining IHT sammitida ishtirokiga oid

12.12.2017Siyosat

YXHT Tashqi ishlar vazirlari uchrashuviga oid

11.12.2017Siyosat

2017-yilning 7-8-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) ishtirokchi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining 24-majlisida ishtirok etdi.

Rizq-ro‘zimiz bunyodkori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi xodimlari mehnatini ulug‘lash, soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarish – asosiy vazifamizdir

10.12.2017Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Dehqon bu – hayotning baquvvat ustuni, tiriklikning mustahkam tayanchi

10.12.2017Siyosat

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 9-dekabr kuni Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Buyuk o‘zgarishlarning huquqiy asosi

08.12.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan 7-dekabr kuni poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat, san’at va sport namoyandalari, keng jamoatchilik, xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdilar.

Vatanimizning yuksak mukofotlari topshirildi

07.12.2017Siyosat

Har yili Konstitutsiya kuni arafasida Vatan taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilib, turli unvonlar, orden va medallarga sazovor bo‘lgan hamyurtlarimizga mukofotlarni tantanali ravishda topshirish yaxshi an’anaga aylangan.

7-dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida davlat mukofotlarini tantanali topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Sudlanuvchi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kafilligida sud zalidan ozod qilindi

07.12.2017Siyosat

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati kengashi kafilligi ostida 1993-yil Farg‘ona shahrida tug‘ilgan Tolib G‘aniyev sud zalidan ozod qilindi.

Yangi yilga nom berish haqida Prezidentimizning Oliy Majlis palatalariga taqdim etiladigan Murojaatnomasida fikr yuritiladi

07.12.2017Siyosat

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilingan 2017-yilda “Inson manfaatlari hamma narsadan ulug‘” degan g‘oya asosida katta ishlar amalga oshirildi. Bu ishlar Konstitutsiyamizning asosiy tamoyillarini ro‘yobga chiqarishda yana bir ulkan qadam bo‘ldi. 

Shavkat Mirziyoyev: Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida tuzilma tashkil etmoqchimiz

07.12.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida «Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak» degan prinsip har bir pog‘onadagi rahbar faoliyatida asosiy qoidaga aylanishi kerak", deb ta’kidladi. 

Mahallalar, ko‘chalar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 114 mingdan ortiq videokuzatuv vositasi o‘rnatildi

07.12.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida O‘zbekistonda yangi dastur va rejalar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. 

Shavkat Mirziyoyev: Otasining qilmishi uchun nega farzandlari yoki aka uchun uka javob berishi kerak?

07.12.2017Siyosat

Ma’lumki, davlat organlariga kadrlarni tanlashda eskidan saqlanib qolgan, qo‘shtirnoq ichidagi bir “tizim” mavjud edi, dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida. U ham bo‘lsa, yaqin qarindoshlari sudlangan, deb fuqarolarni ishga qabul qilmaslik yoki yuqori lavozimlarga tayinlamaslik bilan bog‘liq. 

Shavkat Mirziyoyev: Dalillarni soxtalashtirganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik joriy qilinadi

07.12.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida sud-tergov jarayonida dalillarni soxtalashtirganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik joriy qilinishini ta’kidladi.