O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Chegara vakillari faoliyati to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi

2017-12-28 | Siyosat

2017-yilning 5-sentabr kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida chegara vakillari faoliyati to‘g‘risidagi Bitim 2017-yil 26-dekabrda kuchga kirdi.

Mazkur hujjat tomonlar chegara vakillarining Davlat chegarasidagi chegaraviy mojarolar va nizolarni hal qilish bilan bog‘liq masalalarni yechish bo‘yicha faoliyatini tartibga soladi.

Bitimga muvofiq chegara vakillari uchastkalari doirasida o‘z faoliyatida:

Davlat chegarasini kesib o‘tish bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladilar va uni belgilangan tartibni buzgan holda kesib o‘tishni oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radilar;

vakolatli davlat organlari bilan birgalikda noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish (topshirish) va kontrabandaga qarshi kurashish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radilar va Davlat chegarasida xo‘jalik ishlarini amalga oshirilishi hamda chegara suv havzalari suvidan foydalanish, ovchilik va baliqchilik qoidalariga rioya qilish nazoratini ta’minlaydilar;

Davlat chegaralari orqali yong‘inlar, epidemiyalar, epizootiyalar va qishloq xo‘jaligi zararkunandalarining tarqalishi xavfi to‘g‘risida bir-birlarini o‘z vaqtida xabardor qiladilar.

Ushbu ikki tomonlama hujjatning kuchga kirishi Davlat chegarasida yuz berayotgan masalalarni o‘z vaqtida yechish uchun qo‘shimcha huquqiy mexanizm sifatida xizmat qiladi.

Bitimning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

Поделиться