O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi
2017-12-31 | Siyosat
Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasining ma‘lumotlariga ko‘ra, 2017-yilning 27-dekabr kuni “Perekrestok” do‘konida (Sankt-Peterburg shahri) sodir etilgan portlash oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarosi Hazratkul Alikulovning (ismi aniqlashtirildi) holati muvaffaqiyatli opeatsiyadan so‘ng barqaror. Aleksandrovskiy nomli 17-son shahar kasalxonasida o‘tkazilgan operatsiya natijasida uning tanasiga jarohat yetkazgan jisim olib tashlandi.
TIV Konsullik boshqarmasi va O‘zbekistonning Rossiyadagi konsulligi xodimlari Sankt-Peterburg shahri rasmiylari bilan doimiy aloqada bo‘lib, terakt oqibatida jabrlanganga tegishli qoplovlar berish bo‘yicha choralar ko‘rdilar.