O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident mukofotlaydigan medallar soni yana bittaga ko‘paydi

2017-12-29 | Siyosat

Bugun, 29 dekabrdan “Kelajak bunyodkori” medalini ta’sis etish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kuchga kirdi.

«Kelajak bunyodkori» medali bilan vatanparvarlik, fidoyilik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon etib,xalq manfaatlari uchun sadoqat bilan xizmat qilayotgan, Vatanimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan, shuningdek o‘qishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishgan, 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadi. 
 
«Kelajak bunyodkori» medali Nizomiga ko‘ra, mazkur mukofot bilan taqdirlanganlarga eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida pul mukofoti beriladi. 
Medalni O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmaganlar ham olishi mumkin. 
 
«Kelajak bunyodkori» medali bilan kimki vafotidan keyin mukofotlansa, medal va pul mablag‘lari uning oilasiga topshiriladi. 
Medal bilan taqdirlanganlar «Davlat mukofotlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalana oladi. 
«Kelajak bunyodkori» medali bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mukofotlaydi.

Поделиться