O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bangladesh elchisi O‘zbek xalqini kirib kelayotgan Yangi yil bilan qutladi
2017-12-28 | Siyosat
Yangi, 2018 yilning kirib kelishiga sanoqli kunlar qoldi. Ushbu bayram arafasida mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatiya korpusi vakillari o‘zbek xalqiga o‘zlarining tabriklarini yo‘llashmoqda.
Bangladeshning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mosud Mannan o‘z qutlovnomasida quyidagi tilaklarini bayon etdi:
- Bangladesh Xalq Respublikasi xalqi va hukumati nomidan hamda o‘z nomimdan O‘zbekiston Respublikasi xalqi va hukumatiga Prezident Shavkat Mirziyoyev yetakchiligidagi uzoqni ko‘zlagan siyosati, Myanmaning juda ko‘p sonli aholisi Bangladeshda joylashuvidagi qo‘llab-quvvatlashi hamda ko‘magi uchun samimiy minnatdorligimni izhor etishni istar edim. Men chin dilimdan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi bir-birini to‘g‘ri tushunish va o‘zaro hamkorlik yangi yilda yanada mustahkamlanishini tilayman.
2018 yilda biznes va sayyohlik aloqalarimizni yangi bosqichga ko‘tarish ilgari surilgani holda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Toshkentdan Dakkaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlari qayta yo‘lga qo‘yilishiga katta umid bog‘layman.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqiga baxtu iqbol va bardavom farovonlik tilayman.