O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston xorijiy OAV nigohida

2017-12-31 | Siyosat

«The New York Times»: O‘zbekiston o‘z eshiklarini ochmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan va uning rahbarligida O‘zbekistonning barcha sohalarida amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Xorijiy OAV va internet-nashrlarda e’lon qilingan ko‘plab maqolalar shundan dalolat beryapti.

AQShning "The New York Times" nashri 2017-yil 27-noyabr kuni “O‘zbekiston o‘z eshiklarini ochmoqda” sarlavhali maqola e’lon qildi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni isloh etishni boshlagani ta’kidlangan.

Jahon banki 2017-yilda O‘zbekiston biznes yuritish sharoitlarni sezilarli darajada yengillashtirgan o‘nta davlat qatoriga kirgani haqida xabar berib, korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, qurilishga ruxsat olish, minoritar investorlarni himoya qilish, soliqqa tortish va elektr ta’minoti tizimiga ulash sohalarida amalga oshirilgan islohotlarni qayd etdi.

Jahon bankining biznes yuritish sharoitlarining qulayligiga baho beradigan Doing Business reytingida O‘zbekiston 190 mamlakat ichida 74-o‘rinni egallab, Xitoy va Ukrainani ortda qoldirdi.


* * *

Sputnik: Shavkat Mirziyoyevning yangicha siyosati​

Mamlakatni isloh qilishning asosiy bo‘g‘ini davlat organlarining faoliyatini yangi andozalar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqishdan iborat, deb ta’kidlaydi "Sputnik” nashri, buning uchun “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi Qonunni ishlab chiqish taklif etildi. Bo‘lajak yangilanishlarning asosiy mazmuni – iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sirni kamaytirish va bozor iqtisodiyoti mexanizmlaridan keng foydalanish.

Bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun Prezident Qonun va me’yoriy hujjatlar ijodkorligini takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, turli dasturlar ijrosini ta’minlashda qonunlar qabul qilish amaliyotini qayta ko‘rib chiqish tashabbusini ilgari surdi, fuqarolarning jamoaviy elektron murojaatlarini qabul qilish uchun “Mening fikrim” degan maxsus elektron portal ochishdek qiziqarli g‘oyani taklif etdi.

Поделиться