O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahar hokimi hududda yo‘l qo‘yilayotgan ko‘zbo‘yamachilik, puxta o‘ylanmay qilinayotgan ishlar haqida gapirdi

2018-04-17 | Siyosat

Vazirlar Mahkamasida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish yakunlari Toshkent shahar hokimligida muhokama qilinmoqda. 

Unda Toshkent shahar hokimi hududda ko‘zbo‘yamachilik, puxta o‘ylanmay qilinayotgan ishlar haqida gapirdi. 

– Bugungi videoselektor yig‘ilishidagi gaplardan to‘g‘ri xulosa qilishimiz kerak. Unda ochiq, alamli, iztirobli gaplar bo‘ldi. Birgina misol, turli korxona va sanoat obyektlarini qurish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilayotganda shoshmashosharliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Birgina misol, ayrim qo‘shtirnoq ichidagi ishbilarmonlar 6 oyda zavod qurib beramiz demoqda. Barakatopgur bu muddat ichida ular taqdim etayotgan korxona qurilishi uchun tamal toshi qo‘yilishi mumkin. Shunday ekan biror dastur ustida ishlayotganda biz o‘z kelajagimizni qurayotganimizni unutmaylik, – dedi Toshkent shahar hokimi. 

Shuningdek, yig‘ilish davomida davlat hokimiyatining ochiqligini ta’minlashda OAV vakillari bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriqlar berildi. 

Поделиться