O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq ta’limi vaziri: Majburiy mehnatni vatanparvarlik deb bilganmiz
2018-04-17 | Siyosat
Vazirlar Mahkamasida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish doirasida Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov so‘zga chiqdi.
“Boshida yangi tizimga moslashish bizga qiyin kechdi. Endi hammasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Kattaqo‘rg‘on tumanida maktab o‘qituvchisi bilan yuz bergan baxtsiz hodisada hech kim yozma topshiriq bermagan. Ammo biz buning tagiga yetdik. Kattaqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘qituvchilarni obodonlashtirish ishlariga jalb qilish borasida og‘zaki topshiriq berganini tan oldi. Biz u kishiga nisbatan tegishli chora ko‘rdik”.