O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Filippin elchisi bilan uchrashuv
2018-04-19 | Siyosat
2018-yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Filippin Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Tehron shahrida) etib tayinlangan Vilfredo S.Santosni qabul qildi.
Vazir Elchining ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, uni mamlakatimizdagi faoliyati boshlanishi bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Filippin munosabatlarining istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.
Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlik hamda BMT va boshqa tashkilotlar doirasidagi aloqalarni mustahkamlashdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.
Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikka doir mavjud salohiyatni amalga oshirish uchun huquqiy bazani kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.