O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2018-04-18 | Siyosat

2018-yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Hva bilan uchrashdi.

Ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomon kun tartibidagi dolzarb masalalar, ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Avvalambor, 2017-yilning 22-25-noyabr kunlari Seul shahrida O‘zbekiston va Janubiy Koreya rahbarlarining samarali sammiti doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, strategik sheriklikni har tomonlama chuqurlashtirish bo‘yicha davlat rahbarlarining qabul qilgan Qo‘shma bayonoti, tashrif chog‘ida imzolangan 10 milliard AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi ikki tomonlama qator hujjatlar O‘zbekiston-Janubiy Koreya muloqotini sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqdi.

Vazirlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligini yana bir bor ta’kidlab, ushbu sohalardagi aniq qadamlarni ko‘rib chiqdilar.

Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘z mamlakatining Koreya yarim orolidagi vaziyatni bartaraf etish borasidagi sa’y-harakatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston tomoni joriy yilning aprel oyidagi koreyalararo sammit o‘tkazilishini ma’qulladi va Koreya yarim orolida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik o‘rnatish uchun Koreya Respublikasi sa’y-harakatlarini qat’iyan qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. Sammitning ijobiy natijalari Koreya yarim orolining Janubi va Shimoli hamda butun mintaqaning yanada rivojlanishi va farovonligi uchun qulay shart-sharoit yaratishiga ishonch bildirildi.

Muzokaralarda Koreya Respublikasi Elchisi Kvon Yon U ishtirok etdi.

Anvar Ilyosov olgan surat

Поделиться