O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Dushanbedagi majlisida ishtirok etdi
2018-04-18 | Siyosat
2018-yilning 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘zinbosari Abdujabar Abduvaxitov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining (IHT TIVK) 23-majlisida ishtirok etdi.
Uchrashuv arafasida IHT Yuqori mansabdor shaxslarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TIVK majlisida iqtisodiyot, madaniyat, turizm, fan va ta’lim sohalarida mintaqaviy hamkorlik, jumladan IHT Savdo bitimini amalga oshirish doirasidagi masalalar muhokama qilindi.
Majlis davomida Afg‘onistonga yordam dasturi qabul qilindi hamda tashkiliy masalalar, xususan, IHTning yangi rahbarini tayinlash va yangilangan budjet tuzilmasi ko‘rib chiqildi.
Tadbir yakuniga ko‘ra Dushanbe kommunikesi qabul qilindi.