O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston TIV delegatsiyasi “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” forumi majlisida ishtirok etdi
2018-04-19 | Siyosat
2018-yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston TIV delegatsiyasi Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” forumining Yuqori mansabdor shaxslari majlisida ishtirok etdi.
Uchrashuv doirasida forumning 2017-2018-yillardagi faoliyati natijalari va keyingi yil uchun asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi, xavfsizlikni ta’minlash va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi, shuningdek, Afg‘onistondagi holatni barqarorlashtirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish maqsadida ishtirokchi davlatlar o‘rtasida ishonch choralarini mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
Forumda O‘zbekiston tomoni boshqa delegatsiyalar diqqatini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya (2018-yil 26-27-mart, Toshkent shahri) davomida e’lon qilgan tashabbuslari va Toshkent deklaratsiyasining asosiy qoidalariga qaratdi hamda boshqa ishirokchilar bilan ularni amaliy tadbiq etish bo‘yicha hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildi.