O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«UZ» domen hududi taraqqiyoti

2017-12-25 | Texnologiyalar

«UZ» domen hududi ma’muriyati internet tarmog‘i milliy segmentida domenlar o‘sishining rekord ko‘rsatkichlarini qayd etdi. Tashkilot rasmiy veb-saytidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi oyning o‘zida 15 mingdan ortiq domen ro‘yxatdan o‘tgan.

Bundan bir oy oldin «UZ» domen hududida ro‘yxatdan o‘tgan domenlarning umumiy soni 36 mingdan biroz oshgan bo‘lsa, endilikda 51 mingdan ortiq faol domen mavjud. Bu ko‘rsatkich mamlakatimiz domen hududining rivojlanish sur’ati borasidagi eng dadil bashoratlarni ham ortda qoldirdi. Ilgari Internet tarmog‘i milliy segmentidagi domenlarning yillik sur’ati besh mingtadan oshmas edi. 

Mutaxassislarning fikricha, bunday faol o‘sish turli omillarga bog‘liq. Domenni ro‘yxatga oluvchilar orasidagi faol raqobat samarasida domen olish uchun to‘lanadigan haq pasaygani ana shunday omillar jumlasidandir. «UZ» domen hududi ma’muriyati tomonidan yangi ro‘yxatga oluvchilar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ularning har biri O‘zbekiston domen bozorining asosiy ishtirokchilari bilan munosib raqobatlasha oladi. 

O‘zbekiston AKT tarmog‘ining shiddatli taraqqiyoti ham domenlar soni oshishiga xizmat qilgani shubhasiz. Bu o‘z navbatida ishga tushirilayotgan veb-sayt va servislar miqdorida ham o‘z ifodasini topmoqda. 

«UZ» domeni 1995-yil 29-aprelda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, mazkur domenga ma’murlik huquqi 2003-yil mart oyida ICANN xalqaro tashkiloti tomonidan «UZINFOCOM» markaziga berilgan. Domen hududi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan «UZ» domenidagi domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom asosida tartibga solinadi.

 

Roman Bondarchuk, O‘zA

Поделиться