O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Umumiy tahdidlarga jamoaviy javob

2017-11-28 | Texnologiyalar

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi mutaxassislari Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) tomonidan Moldova poytaxti Kishinyov shahrida tashkil etilgan "Cyber Drill Alert" kiberxavfsizlik bo‘yicha mintaqaviy o‘quv mashqlarida ishtirok etdi.

Hozirgi kunda kiberxavfsizlik, ayniqsa, iqtisodiy jinoyatning jadal rivojlanayotgan segmenti hisoblanib, bu internet tarmog‘i foydalanuvchilar sonining oshishi, axborot texnologiyalarining barqaror rivojlanishi va takomillashib borishi bilan bog‘liqdir. "Cyber Drill Alert" kiberxavfsizlik bo‘yicha mintaqaviy o‘quv mashqlari turli mamlakatlarning axborot xavfsizligi bo‘yicha hamkorligini yo‘lga qo‘yish va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish bo‘yicha amaliy choralardan biri hisoblanadi. 

Joriy yildagi o‘quv mashqlari doirasida mutaxassislar mintaqaviy axborot xavfsizligini ta’minlashning qator masalalari, davlat organlari va tijorat banklari tizimlarini buzishdan, ma’lumotlar ba’zasini xakerlar hujumidan himoya qilishning yangi uslub va texnologiyalarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Turli komputer tahdidlariga qarshi kurashishning eng yaxshi tajribasi namoyish etildi, eng xavfli komputer viruslarining dasturli kodlari tahlil qilindi. 

Mashqlar ishtirokchilari uchun komputer xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatlarga oqilona va tezkor javob qaytarishga yo‘naltirilgan maxsus mahorat saboqlari va treninglar tashkil etildi. Inqirozli holatlar va xakerlik hujumlari, komputer viruslari bilan zaharlanishni simulatsiya qilish egallangan bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish imkonini berdi. 

"Cyber Drill Alert" kiberxavfsizlik bo‘yicha mintaqaviy o‘quv mashqlari turli mamlakatlardan kelgan mutaxassislarning tajriba va fikr almashishi, kiberhujumga qarshi kurash va jinoyatchilarni izlashga oid eng so‘nggi uslublar bilan tanishishga imkoniyat yaratdi.

 

Roman Bondarchuk, O‘zA

Поделиться