O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsiya markazi ko‘magida mahalliy IT-kompaniyalar xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etadilar
2017-12-22 | Texnologiyalar
Milliy dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi ko‘magida yurtimizdagi IT-kompaniyalar Hindistonning nufuzli «INDIASOFT 2018» ko‘rgazmasida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladilar.
2018 yilning 24-25 yanvar kunlari Bangalor shahrida Hindiston savdo va ishlab chiqarish vazirligi tomonidan tashkil qilinayotgan xalqaro dasturiy ta’minot mahsulotlari ko‘rgazmasida 36 ta mamlakatdan 100 dan ziyod delegatsiyaning, axborot texnologiyalari sohasining 200 ga yaqin yetakchi ishlab chiqaruvchilarining ishtiroki kutilmoqda.
Ko‘rgazmada kompaniyalar mehmonxona biznesi, turizm, media, elektron hukumat, logistika va boshqa yo‘nalishlarga ixtisoslashgan ishlanmalari bilan qatnashadilar.
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi tomonidan bu yo‘nalishlarda eng yaxshi ilova hamda dasturiy ta’minotlarni taklif qilayotgan mahalliy kompaniyalarga ko‘rgazmada ishtirok etishlarida amaliy yordam beriladi, shuningdek ularning aviachipta xarajatlari qoplanadi.