O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Aloqabank»ning «Rezident» tarifi IT-sanoat uchun yangi davrni boshlab beradi

2017-12-29 | Texnologiyalar

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» hamda «Aloqabank» AK o‘rtasida imzolangan kelishuvga ko‘ra, 2018 yilning ilk kunlaridan boshlab markazga a’zo kompaniyalar «Rezident» tarifi doirasida yangi imtiyozlardan foydalanishlari mumkin. Eng muhimi esa, ularni bank operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan barcha byurokratik masalalarni hal etishdan ozod qiladi.

“Rezident” tarifini ishga tushirish, «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya Markazi va «Aloqabank» AK o’rtasida imzolangan Hamkorlik va o’zaro kelishuvlar to’g’risidagi Memorandumda ko’zda tutilgan.   
 
Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan  “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlangan yangi 2018-yilda, Innovatsiya Markazi rezidentlarning istaklariga qarab ularning ishonchli vakili sifatida ishtirok etadi va valyuta hisobini ochishdan boshlab, eksport-import operatsiyalarni amalga oshirishgacha bo’lgan bank xizmatlarini olish bilan bog’liq masalalarda ularning manfaatlarini himoya qiladi.
 
Shuningdek, Innovatsiya Markazi xodimlari «Aloqabank» AK mutaxassislari bilan hamkorlikda, IT sohasidagi startap-loyihalarni amalga oshirish uchun moliyalashtirish mexanizmlarini aniqlashtirish va investitsiyalarni jalb etish o’yicha konsultatsiyalar bera boshlashadi.  
 
Bu choralardan asosiy maqsad – rezidentlarni byurokratik to’siqlarni mustaqil ravishda yengib o’tish shartidan ozod qilgan holda, ularning ishlarini maksimal darajada yengillashtirish va IT-kompaniyalar uchun faqatgina o’z faoliyatlari bilan shug’ullanish imkoniyatini yaratishdir. 
 
Bundan tashqari bank sohasining ichki “oshxonasini” o’rganish, Innovatsiya Markazi xodimlariga eksport-import operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida rezidentlar to’qnash keladigan amaldagi qiyinchiliklarni aniqlash, ularni yechish yo’llarini ko’zda tutish va keyinchalik qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritishda yordam beradi.

Поделиться