O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yagona portalda avtotransport egalari uchun 3 ta onlayn xizmat ko‘rsatilmoqda!

2017-11-26 | Texnologiyalar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz) da hozirda avtomobil egalari uchun 3 ta interaktiv xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Ularning yordamida yurtdoshlarimiz vaqt hamda mablag‘larini tejab qolishlari mumkin. Ular to‘g‘risida quyida ma’lumot beramiz. 

 
 
• «GM-Uzbekistan» AJ dan avtotransport vositasini xarid qilish uchun elektron ariza yuborish.
Ushbu xizmat jismoniy hamda yuridik shaxslarga ko‘rsatiladi. U dilerlik muassasasidan tayyor shartnomani olib ketish imkonini beradi. 
 
Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?
Ushbu xizmatdan foydalanish uchun tegishli shakldagi elektron arizani to‘ldirish kerak bo‘ladi. Ushbu arizada diler, shartnoma tuzilayotgan muassasa nomi, avtotransport turi, modifikatsiyasi va rangini tanlash kerak bo‘ladi.
Ariza qayta ishlangach, dilerlik muassasasi vakillari ariza beruvchi bilan aloqa bog‘lashadi hamda shartnomaning tayyor ekanini ma’lum qilishadi. 
Shuningdek, tizim foydalanuvchiga o‘zining navbatini kuzatib borish imkonini beradi. 

• Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarning bor-yo‘qligini tekshirish.
Bu onlayn xizmat foydalanuvchiga yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun jarimalarning mavjudligini tekshirishga yordam beradi. Buning uchun avtomobilning davlat hamda ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi texnik pasportidagi raqamni ko‘rsatish kerak bo‘ladi. 
 
Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?
Xizmatdan foydalanish uchun foydalanuvchi o‘z kabinetiga avtotransport vositasini qo‘shishi kerak bo‘ladi. 
Undan so‘ng maxsus formaga so‘ralgan ma’lumotlarni kiritish kerak.
Bu formani bir marta to‘ldirsa, keyinchalik avtomobil egalariga ko‘rsatiladigan boshqa barcha elektron xizmatlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
So‘rovga javob bir necha daqiqalar ichida taqdim qilinadi.

• Avtotransport vositasining sug‘urta polisi to‘g‘risida ma’lumot olish.
Mazkur xizmat orqali O‘zbekiston Respublikasining "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida"gi qonuni asosida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sug‘urta polisining holatini tekshirish mumkin. 
 
Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?
Ushbu xizmat foydalanuvchi shaxsiy kabinetidagi "Mening avtotransportim" bo‘limida taqdim etilgan ma’lumotlar asosida ko‘rsatiladi. 
Tizim sug‘urta kompaniyasi nomi hamda polis raqamiga ko‘ra avtomatik tarzda ma’lumotlarni shakllantiradi.

Поделиться