O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Deloyt” bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2018-01-25 | Texnologiyalar

24 yanvar kuni vazirlikda “Deloyt” konsalting kompaniyasining Qozog‘istondagi departamenti rahbari Kristofer Armitaj, departamentning Kaspiy mintaqasidagi “raqamli strategiya“ni ishlab chiqishga mas’ul “Deloyt” MDH mas’ullari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturini shakllantirish va moliyalashtirishga oid yangi tartib to‘g‘risidagi qarorida vazirlik zimmasiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan edi.

Uchrashuvda “Deloyt” kompaniyasi bilan bu yo‘nalishda hamkorlik qilish va sohani xalqaro tajribani hisobga olgan holda, AKT ni uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadli rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Aytish joizki, mazkur konsepsiyada telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, “elektron hukumat”ni joriy qilish, axborot xavfsizligini ta’minlash, sohada innovatsiyalarni tatbiq etish, pochta, logistika hamda elektron tijorat kabi yo‘nalishlarda zamonaviy xizmatlarni joriy qilish, shuningdek, ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ilg‘or usullarini ilgari surish kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.

Buyuk Britaniyaning Deloitte/“Deloyt” — konsalting va audit xizmatlarini ko‘rsatuvchi jahonning yirik tarmoqlashgan kompaniyasi bo‘lib, auditorlik yo‘nalishida “peshqadam to‘rtlik“ka kiradi, xodimlar soniga ko‘ra eng yirik professional (263 000 nafar) kompaniya hisoblanadi.

Поделиться