O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«McKinsey & Company» vakillari bilan uchrashuv

2018-01-30 | Texnologiyalar

29 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «McKinsey & Company» kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturini shakllantirish va moliyalashtirishga oid yangi tartib to‘g‘risida”gi qarorida vazirlik zimmasiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan edi.

Shu munosabat bilan, vazirlikda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirilgan.

Uchrashuvda «McKinsey & Company» kompaniyasi bilan bu yo‘nalishda hamkorlik qilish va sohani xalqaro tajribani hisobga olgan holda, AKTni uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadli rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Aytish joizki, mazkur konsepsiyada telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, «elektron hukumat»ni joriy qilish, axborot xavfsizligini ta’minlash, sohada innovatsiyalarni tatbiq etish, pochta, logistika hamda elektron tijorat kabi yo‘nalishlarda zamonaviy xizmatlarni joriy qilish, shuningdek, ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ilg‘or usullarini ilgari surish kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.

Eslatib o’tamiz, shuningdek, bu masalada keng jamoatchilik fikri va qarashlarini hisobga olish, konsepsiyani ishlab chiqishda mahalliy va xalqaro ekspertlarning ishtirokini ta’minlash maqsadida so‘rov o’tkazilmoqda.

Поделиться