O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2018 yildan O‘zbekiston telefon raqamlarining 9 belgili tizimiga o‘tadi

2018-01-31 | Texnologiyalar

Bunday tizimga o‘tish to‘g‘risida qaror Xalqaro elektr aloqa uyushmasining tavsiyalari hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari raqamlari tizimi va rejasi” talablariga muvofiq qabul qilingan. Bu haqda “O‘ztelekom” kompaniyasi matbuot xizmati o‘zining Facebook’dagi sahifasida xabar qildi.

2018 yilda telefon raqamlari yana ikkitaga uzayadi. Endilikda avval terilmagan hudud kodi teriladi, bu bilan shaharlararo raqamlarni terish jarayoni soddalashadi.

“7 belgiligi raqamlardan 9 belgili raqamlarga o‘tish - davr talabi. Bu mobil aloqa operatorlarining raqamlar zaxirasi deyarli tugagani, aloqa xizmatlariga bo‘lgan talab esa kundan-kunga ortib borayotgani bilan izohlanadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida keltirilgan hujjatga muvofiq bir necha yil avval tezkor xizmatlarning telefon raqamlari soni ham o‘zgargan edi.

Поделиться