O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Tashxis tezlashdi, davo muddati ham tezlashyapti, natijalar bundan-da yaxshi bo‘ladi”

2018-04-16 | Texnologiyalar

Endi respublikamizda sil kasalligini davolash va tashxis qo‘yishda masofadan turib maslahatlashish imkoni yaratildi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (YUSAID) va Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida ochilgan Innovatsion masofaviy o‘qitish va monitoring markazi ana shunday imkoniyatni ham taqdim eta oladi.

Bir vaqtning o‘zida markazning Buxoro viloyatidagi sho‘basi ham faoliyat boshladi. Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida qayd etilishicha, dunyoda har yili sil kasalligi sababli 1 million 700 mingdan ortiq kishi vafot etadi. O‘zbekistonda bu xastalikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan chora tadbirlar natijasida sil kasalligi bilan bog‘liq holatlar soni sezilarli darajada kamaygan. 

— Silni davolashda, ayniqsa, dori vositalariga chidamli turini aniqlashda bir emas bir necha mutaxassislarning fikri kerak bo‘ladi, – deydi YUSAIDning Silga qarshi kurash dasturi Mintaqaviy tibbiy direktori Mixail Volik. – Masofadan turib muloqot qilish imkoniyati sababli shifokorlar poytaxtga kelmay turib ham o‘zaro fikr almashish imkoniga ega bo‘lishdi. Bugun malakali mutaxassislarni nafaqat poytaxtda balki, viloyatlarda ham yetishtirishga ehtiyoj katta. Masofaviy texnologiyalar esa eng kamxarj usullardan biri sanaladi. Ta’limda joriy etiladigan zamonaviy innovatsiyalar natijasida, bu yerdagi mutaxassislar ham yaqin orada o‘z nou-xaulari va davolashdagi yangi yondashuvlarini jahonga eksport qila oladilar. Bizning bosh maqsadimiz esa, kasallikni erta aniqlash, erta davolash va maksimal natijaga erishishdan iborat. 

— Markaz eng murakkab holatlarda bir necha mutaxassisning birgalikda maslahatlashish imkonini beradi, – deydi Innovatsion masofaviy o‘qitish va monitoring markazi rahbari Kozim Muxamedov. – Eng asosiysi, fuqarolar poytaxtda qanday sifatli tibbiy xizmatga ega bo‘lishsa, viloyatdagi mutaxassislar darajasi ham shunga tenglashtiriladi. Birinchi konsilium Buxoro viloyati mutaxassislari bilan o‘tkazildi. U yerda shifokorlarda tug‘ilgan savollarni birgalikda yechdik. Bemorni rentgen va boshqa tashxislarni dinamikasini ko‘rish imkoni bo‘ldi. Qo‘shimcha savollar berdik va ular ekranda barcha ma’lumotlar va tasvirlarni ko‘rsatishdi. Masofada o‘qitish borasida esa nafaqat shifokorlar, laborantlar balki hamshiralar uchun ham malaka oshirish imkoni tug‘ildi. Bunday markaz ilk marotaba tashkil etildi. 4 ta viloyatda, ya’ni Buxoro, Navoiy, Xorazm va Qashqadaryoda filiallar faoliyati yo‘lga qo‘ymoqda. Hozir bizda molekulyar genetik tekshiruvlar o‘tkazilayotgan bo‘lib, oldin dorilarga chidamlilikni aniqlash uchun 3-4 oy ketgan bo‘lsa, hozir 4 soatni ichida aniqlash mumkin. Demak, tashxis tezlashdi, davo muddati ham tezlashyapti, natijalar bundan-da yaxshi bo‘lishiga ishonaman. 

O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham Markazning sho‘balari ochilishi rejalashtirilmoqda. Umid qilamizki, markaz faqat ko‘rgazma uchun emas. Uning imkoniyatlaridan amalda ham keng foydalaniladi va bu orqali butun mamlakat bo‘ylab sil kasalligi bo‘yicha mutaxassislarni samarali ravishda bog‘laydi.

 

N. Toshpo‘latova

Поделиться