O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi

2018-04-16 | Texnologiyalar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Rossiya Federatsiyasi Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volinni qabul qildi. 

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi prezidentining Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsiyalar bo'yicha Ishlar boshqarmasi hamda Butun Rossiya televizion va radiouzatish davlat kompaniyasi vakillari, shuningdek Rossiyaning «Россия Сегодня» xalqaro axborot agentligi, «Первый Канал», «Россия24» telekanallari vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda ikkitomonlama aloqalarni kengaytirish, jumladan media aloqalarni rivojlantirish, xususan raqamli uzatish, texnoparklar faoliyati, raqamli iqtisodiyot va internet tarmoqlarini tartibga solish, AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlash va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni o‘rnatish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xususan, Rossiya delegatsiyasi vakillari mamlakatning raqamli teleuzatish tizimiga o‘tkazilishi haqida ma’lumot berdilar va mazkur raqamli platformada mobil televideniye faoliyatini yo‘lga qo‘yish fikrini ilgari surdilar.

Shuningdek, tomonlar rossiyalik rejissorlarni jalb qilgan holda o‘zbekistonlik atoqli namoyandalar faoliyati, o‘zbek olimlarining jahon taraqqiyotidagi hissasiga bag‘ishlangan hujjatli film hamda dasturlar tayyorlash masalasini ham muhokama qildilar.  

Shu bilan birga, tomonlar muntazam ravishda davlat organlarining Axborot xizmatlari uchun maxsus forum va seminarlar tashkil qilishni kelishib oldilar, mutaxassislar malakasini oshirish yuzasidan hamkorlikka doimo tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.

Поделиться