O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir Butunjahon banki delegatsiyasini qabul qildi

2018-04-11 | Texnologiyalar

Bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Butunjahon bankining Transport va raqamli rivojlanish bo‘yicha xalqaro amaliyot bo‘linmasi direktori Frans Driz-Kross boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikda amalga oshirish ko‘zda tutilgan «Digital CASA» loyihasi yuzasidan fikr almashdilar. Mazkur loyiha mamlakatda raqamli texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, "elektron hukumat" tizimlarini joriy qilish hamda raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash kabi maqsadlarni ko‘zlaydi.

O‘zbekiston tomoni mehmonlarni yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, xususan telekommunikatsiya infratuzilmasini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdilar.

Markaziy va Janubiy Osiyoni yagona raqamli xabga bog‘laydigan va transchegaraviy telekommunikatsiya tarmog‘ini yaratishga qaratilgan «Digital CASA» dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlarga Internetga tezkor ulanish, shuningdek, mamlakatning tranzit salohiyatini oshirishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, loyihaning amalga oshirilishi davlatning iqtisodiy salohiyatining oshishi, aholiga sifatli elektron xizmat ko‘rsatilishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga xizmat qiladi.

Mazkur strategik maqsadga erishish uchun «Digital CASA» hududiy loyihasi Internet tezligini oshirib, xususiy sarmoyalarning davlatning raqamli infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltiradi.

O‘zbekiston tomoni loyihadan kutayotgan natijalar xususida ma’lum qilib, Butunjahon banki bilan istiqboldagi hamkorlik yuzasidan takliflarini bayon qildi.

Tomonlar istiqbolda ikkitomonlama manfaatdor hamkorlikni davom ettirish yuzasidan fikr-mulohaza almashishga kelishib oldilar.

Поделиться