O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir sahifasi rasmiy maqomga ega bo‘ldi

2018-06-13 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayevning Facebook tarmog‘idagi sahifasi (https://www.facebook.com/a.akhmedkhadjaev/) rasmiy maqomga ega bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifa kuzatuvchilari bilan virtual muloqot o‘zaro ishonchli axborotga asoslanadi. Foydalanuvchilar tasdiqlangan sahifa orqali vazir faoliyati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi rasmiy yangiliklarni bevosita kuzatib borishlari mumkin.

Sahifaning rasmiy maqomga ega bo‘lishi soxta profillar hamda yolg‘on xabarlar tarqalishiga chek qo‘yadi, ma’lumotlarni tez va oson ajratib olishga xizmat qiladi. Facebook tarmog‘ining qidiruv tizimi foydalanuvchiga kalit so‘zlar bo‘yicha birinchi bo‘lib tasdiqlangan sahifadagi axborotlarni taqdim qiladi.

Facebook 2013 yilning may oyidan boshlab yirik auditoriyaga ega davlat va jamoat arboblari, jumladan rahbar va siyosatchilar, taniqli shaxslarga ko‘k rangli tasdiq belgisini berib keladi.

Поделиться