O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi jamg‘arma aholidan qadimiy kitoblar sotib oldi

12.06.2018Jamiyat

Milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotira davomiyligini ta’minlash, ulkan yozma merosni asrab-avaylash, boyitib borish va tadqiq qilish hamda madaniy va ma’naviy qadriyatlarni ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aholida saqlanayotgan noyob qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlar xarid qilindi.

Manzil-ma’lumot axborotlarini Davlat xizmatlari markazlari orqali ham olish mumkin

12.06.2018Jamiyat

O’zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi “Davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3662-sonli Qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Davlat xizmatlari markazlari orqali jismoniy shaxslar uchun manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish davlat xizmati tajriba tariqasida ishga tushirilganligini ma’lum qiladi.

Farg‘ona viloyati. “Obod qishloq” dasturi doirasida 163,3 milliard so‘m mablag‘ sarflanadi

11.06.2018Jamiyat

Farg‘ona viloyatining 15 tumanida “Obod qishloq” dasturi asosida keng ko‘lamli qurilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Dastur doirasida barcha manbalar hisobidan jami 163,3 milliard so‘m mablag‘ sarflanadi.

Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishida qatnovlar soni oshdi

11.06.2018Jamiyat

"O'zbekiston  havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasi 2018-yil 18-iyundan boshlab Toshkent-Moskva-Toshkent yo'nalishida qatnovlar chastotasini oshiradi. Parvozlar dushanba, chorshanba va shanba kunlari zamonaviy  havo laynerlarida quyidagi jadval bo‘yicha  bajariladi (mahalliy vaqt):

“Vaqf” xayriya jamoat fondining tashkil etilishi va faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani

11.06.2018Jamiyat

O‘zbekiston milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamkorligida “Vaqf” xayriya jamoat fondining tashkil etilishi va foliyatiga bag‘ishlangan  matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbariyati hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

“Umra-2018” Ramazon mavsumi ziyoratchilari yurtimizga qaytmoqdalar

11.06.2018Jamiyat

Joriy yilning 10 iyun kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning 204 nafardan iborat dastlabki guruhi muqaddas joylarda umra amallarini to‘la-to‘kis bajarib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va shunday sharoitlarni yaratib bergan muhtaram Yurtboshimiz haqlariga duoi-xayrlar qilib, Vatanimizga sog‘-salomat qaytib keldilar.

AQSHning Xalqaro Taraqqiyot agentligi (USAID) Taraqqiyot strategiyasi markazi bilan qo‘shma loyihalarni hayotga tadbiq etishga xayrihoh

11.06.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning may oyida AQSHga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasida erishilgan kelishuv va imzolangan bitimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda hamkorlikning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazish maqsadida AQSHning Xalqaro Taraqqiyot agentligi (USAID) delegatsiyasi vakillari yurtimizga tashrif buyurdi.

Qurilishda Navoiy, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida o‘sish kuzatilmoqda

11.06.2018Jamiyat

Joriy yilning yanvar – may oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 16 551,7 milliard so‘m qurilish ishlari bajarildi. Bu borada o‘sish surati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,5 foizni tashkil etdi.

O‘zbekiston-Fransiya: hamkorlik yangi bosqichda davom etadi

11.06.2018Jamiyat

Samarqand viloyati hokimligida Fransiya taraqqiyot agentligining loyiha rahbari Aleksandr Monteyro boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Qahramon Quronboyev:Yoshlariga egalik qila olgan mamlakat ularning munosib kelajagini ta’minlay oladi

11.06.2018Jamiyat

“Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya davom etmoqda.

YXHT Bosh kotibi bugungi dunyo oldidagi global muammoga e’tibor qaratdi

11.06.2018Jamiyat

“Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzuida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyada Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger bugungi dunyo oldidagi global muammoga e’tibor qaratdi.

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda elektromobil ishlab chiqarish niyatida

11.06.2018Jamiyat

Innovatsion rivojlanish vazirligida Changan Automobile Group kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘ldi hamda hamkorlik qilish vaO‘zbekiston hududida elektr tortish quvvati bilan ishlaydigan avtomobillar ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama etildi.

Vatandoshlar O‘zbekistondagi o‘zgarishlarda ishtirok etishni istaydilar

11.06.2018Jamiyat

2018-yilning 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi va Buyuk Britaniyadagi Elchixonasi tomonidan qator o‘quv yurtlari talaba va o‘qituvchilari, London hamda Britaniya va Norvegiyaning boshqa shaharlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan videokonferensiya shaklida muloqot o‘tkazildi.

Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya vakillari bilan uchrashuv

08.06.2018Jamiyat

Joriy yilning 8 iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.