O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Umra-2018” Ramazon mavsumi ziyoratchilari yurtimizga qaytmoqdalar

2018-06-11 | Jamiyat

Joriy yilning 10 iyun kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning 204 nafardan iborat dastlabki guruhi muqaddas joylarda umra amallarini to‘la-to‘kis bajarib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va shunday sharoitlarni yaratib bergan muhtaram Yurtboshimiz haqlariga duoi-xayrlar qilib, Vatanimizga sog‘-salomat qaytib keldilar.

“Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida ziyoratchilarimizni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda tegishli mutasaddi vazirlik va idoralar hodimlari kutib oldilar. Ziyoratchilarimiz 10 kun mobaynida Madina va Makka shaharlarida umra amallarini bajardilar.

Saudiya Arabistonida havo haroratining yuqori darajada bo‘lishi kuzatilayotganligini inobatga olib, shifokorlar guruhi tomonidan ziyoratchilarning salomatligini saqlash maqsadida eslatma-tavsiyalar ishlab chiqilib, tegishli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Madina va Makka shaharlaridagi mehmonxonalarda iftorlik va saharlik vaqtlarida ziyoratchilar uchun ikki xildagi o‘zbek milliy taomlari (suyuq va quyuq), sarhil mevalar va turli ichimliklar hozirlangan.

Mehmonxonalarda zaruriy dori-darmon va jihozlar bilan ta’minlangan tibbiyot punktlari 24 soat davomida ziyoratchilarimiz sog‘liklarini nazorat qilish hamda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida faoliyat yuritmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ramazon mavsumida ziyorat 10 kunni tashkil etadi. Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makkada esa 7 kun bo‘ladilar. Ziyoratchilarga mavsum davomida o‘zbekistonlik 4 nafar ishchi guruhi, 30 nafar guruh rahbari (ellikboshi), 8 nafar shifokor va 4 nafar oshpaz xizmat ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning 31 may kunidan 17 iyuniga qadar o‘zbekistonlik fuqarolarni umra ziyoratiga kuzatish va kutib olish rejalashtirilgan.

Ramazon umra ziyoratida jami 1500 nafar fuqarolarimizning Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha 7 ta charter aviareysida safarlari tashkil etiladi.

Поделиться