O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Manzil-ma’lumot axborotlarini Davlat xizmatlari markazlari orqali ham olish mumkin
2018-06-12 | Jamiyat
O’zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi “Davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3662-sonli Qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Davlat xizmatlari markazlari orqali jismoniy shaxslar uchun manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish davlat xizmati tajriba tariqasida ishga tushirilganligini ma’lum qiladi.
Eslatib o’tamiz, bundan tashqari fuqarolar ushbu davlat xizmatidan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (my2.gov.uz) ham murojaat qilishlari haqida ma’lumot bergan edik.